Sherali Juraev - O'rtada Begona Yo'q (jonli ijro)
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Sherali Juraev - O'rtada Begona Yo'q (jonli ijro)
2, 603 | 3 мес. назад | 49 - 0
O'rtada Begona Yo'q - Qo'shiq Matni:
Ko`yida men tosh boshimni
Urmagan ostona yo`q,
Elda bor shunday masal:
Jon chekmasang jonona yo`q.
Sevgi vodiysida menga
Teng bo`lolgay qaysi Qays?!
Ko`nglim ochsam, ikki dunyo
Bu kabi afsona yo`q.
Shahr ichida holatimdan
Kulmagan bir oqilu
Xilvat ichra menga ulfat -
Bo`lmagan devona yo`q.
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.
Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.
Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q.
Muallif: Erkin Vohidov.
#erkinvohidov #sheralijorayev

Чтобы скачать видео "Sherali Juraev - O'rtada Begona Yo'q (jonli ijro)" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ