Uzbekistan Airways joriy yildagi beshinchi Airbus A320neo havo kemasini kutib oldi
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
Uzbekistan Airways joriy yildagi beshinchi Airbus A320neo havo kemasini kutib oldi
530 | 11 мес. назад | 10 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
Yangi avialaynerni qabul qilish uchun Fransiyaga kelgan aviakompaniyaning parvoz va texnik xodimlari Airbus konsernining Tuluzadagi zavod aerodromida barcha zarur tekshirish sinovlarini o‘tkazdi. Aviakompaniya o‘zining livreyasi bilan bo‘yalgan UK32027 raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan avialayner mahalliy vaqt bilan soat 08:00da Toshkent tomon parvoz qildi hamda 6 soatu 40 daqiqadan so‘ng O‘zbekiston poytaxtiga kelib qo‘ndi.
Havo kemasi BOC Aviation Limited kompaniyasidan uzoq muddatli ijara asosida sotib olingan. Shunday qilib, joriy yilda beshta Airbus havo kemasini yetkazib berish rejasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
E’tiborlisi, avialaynerni Uzbekistan Airways havo flotiga Yangi 2024-yil arafasida yetib keldi. Toshkent aeroportida havo kemasini nafaqat aviakompaniya rahbariyati, xodimlari va ularning farzandlari tantanali kutib olishdi, balki ulug‘vor Yangi yil an’analariga ko‘ra, barchani kutib olish uchun Qorbobo va Qorqiz ham kelishdi.
Havo kemasi Uzbekistan Airways’ning tajribali instruktor uchuvchilari – Aleksey Xarlap va Jamshid Odilovlar boshqaruvida olib kelindi.
“Mamlakatimizda yoʻlovchi havo transporti sohasida raqobat kuchayib borayotganiga qaramay, Uzbekistan Airways shubhasiz, sohada yetakchi boʻlib qolmoqda. Aviakompaniyaning butun jamoasi – uchuvchilar, bortkuzatuvchilar, aviatexniklar, yerdagi xizmat ko‘rsatish mutaxassislari yilni yaxshi natijalar bilan yakunlash uchun bor kuch-g‘ayratlarini ishga solishdi. Yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish, havo kemalari parkini to‘ldirish, yangi yo‘nalishlarni ochish, ob-havo sharoiti parvozni aniq jadval bo‘yicha amalga oshirishga imkon bermagan tabiat qiyinchiliklariga qaramay, sifatli parvoz xizmatining kundalik muammolarini hal qilish – bu vazifalarning barchasi muvaffaqiyatli hal qilindi va Uzbekistan Airways yangi 2024-yilga yangi rejalar va majburiyatlar bilan qadam qo‘ymoqda. Ammo bir narsa o‘zgarishsiz qolmoqda – yo‘lovchilarning xavfsizligi va qulayligi. Ana shu tamoyillardan kelib chiqqan holda aviakompaniyamiz bundan keyin ham barcha ko‘rsatkichlarni oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va yo‘lovchilarimizga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni olib boradi”, – dedi “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi Shuhrat Xudayqulov.
Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.
Aviakompaniya 2022-yilda 3,9 milliondan ortiq yo‘lovchini tashidi. Yo‘nalishlar tarmog’i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo'lib qoladi.
Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarni amalga oshiradi hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimiga ega.
Uzbekistan Airways tarkibiga quyidagi kompaniyalar ham kiradi: “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ.
Чтобы скачать видео "Uzbekistan Airways joriy yildagi beshinchi Airbus A320neo havo kemasini kutib oldi" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ