“O`zbekiston temir yo`llari” AJ: yangi ИТ markazi bilan sohani raqamlashtirish sari
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ: yangi ИТ markazi bilan sohani raqamlashtirish sari
132 | 1 год. назад | 1 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ:
yangi ИТ markazi bilan sohani raqamlashtirish sari
Bugun “O`zbekiston temir yo`llari” AJda yangi ИТ markazi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Boshqaruvi raisi Zufar Narzullaev ishtirok etib, bugungi kunda Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda keng ko`lamli islohotlar hamda jadal o`zgarishlar amalga oshirilayotganini, bular temir yo`l tizimida ham o`z ifodasini topayotganini alohida ta’kidlab o`tdi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 oktyabrdagi tegishli qarori bilan temir yo`l transporti sohasini bosqichma-bosqich isloh qilishning ustuvor vazifalari belgilab berilgan edi. Xususan, temir yo`l sohasini transformasiya qilish hamda raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish shular jumlasidandir.
Hozirda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati va faollari tomonidan mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida keng qamrovli amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Foydalanishga topshirilayotgan ИТ markazi ham ushbu qaror ijrosi doirasida tashkil etildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, markazning birinchi bosqichida 24 nafar dasturchi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, temir yo`l sohasining barcha yo`nalishlarida faoliyat yuritayotgan eng sara dasturchi xodimlar hamda chet el kompaniyalarida tajriba orttirgan malakali mutaxassislar jalb etildi.
Aytish joizki, markazda yuk jo`natuvchi va yuk qabul qiluvchilar uchun ko`plab qulayliklar mavjud. Xususan, mobil va Wеб ilova, foydalanish uchun qulay interfeys, shartnomalarni tizim ichida yaratish hamda imzolash (ERI orqali), yo`nalishga asosan tarif qiymatini avtomatik hisoblash, tashish uchun onlayn ariza qoldirish imkoniyati bor.
Shu bilan birga, yuk terminalini tanlash, yuk ortish, yuk tushirish bo`yicha xizmatlarga ariza qoldirish, vagonlarni joylashganligi to`g`risida 24/7 rejimida ma’lumot olish, vagon kelishi haqida prognozni bilish, sarf-xarajatlarni doimiy nazorat qilish ham mumkin.
Bu hali hammasi emas, ushbu markaz endilikda yuk operasiyalari bo`yicha onlayn statistika, mavjud chegirmalar haqida doimiy ma’lumot, mijozlar uchun tunu kun onlayn rejimda chat va video maslahat, “салл cентер+салл баcк” onlayn taklif hamda e’tirozlar qoldirish, shuningdek, keshbek tizimidan foydalanish qulayliklari ham yaratilgan.
Rahim ShERQULOV,
“Xalq so`zi” muxbiri.
Чтобы скачать видео "“O`zbekiston temir yo`llari” AJ: yangi ИТ markazi bilan sohani raqamlashtirish sari" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ