AMIR TEMUR G‘ORIDAGI SIRLAR!
- Видео
- О видео
- Скачать
- Поделиться
AMIR TEMUR G‘ORIDAGI SIRLAR!
110 | 1 год. назад | 2 - 0
#xs_uz #narodnoeslovo
AMIR TEMUR G`ORIDAGI TOR TUYNUK
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Sangardak qishlog`idan boshlagan ekspedisiyamizni davom ettiramiz. Ona tabiat loyihasining o`tgan sonida mavzuni Amir Temur g`orining ikkinchi katta zaliga o`tishdagi tor tuynukning oldida tugatgandik. Bugun shu kelgan joydan davom etamiz.
Tuynukning ichiga ikki metrcha kirib vaziyatni o`rgandik. Barcha xavfsizlik masalalarini kelishib olgach, asta-sekin tuynukdan o`ta boshladik. Yo`lning mana shu ikki metrgacha bo`lgan qismida qo`rquv va hayajonimiz juda kuchli bo`ldi. Bir amallab, birinchi yo`lakdan o`tib oldik va o`rtacha kattalikdagi ochiq joyga chiqdik. Bu erda uyum-uyum tuproq bor ekan. Chiqishimiz bilan ikkinchi yo`lakni qidirdik, tuproq uyumlari panasida uni qiynalib topdik.
Oldimizdagi tuproqni ikki yonga olib tashlab, ikkinchi tuynukka kira boshladik. Hayajonimiz bosilganiga-mi yoki lahmdan yurishga moslashayotganimiz uchun-mi bu yo`lakdan oson o`tyapmiz. Mana, ikkinchi kengroq joyga ham chiqdigu lekin tuproq uyumlari orasida uchinchi yo`lakni topa olmayapmiz. Tuynuk topilmagani uchun “bo`ldi shu erdan ortga qaytamiz”, deb o`yladik. “Endi qaytamiz”, demoqchi bo`lib og`iz juftlagandik ham, ko`zimiz bexosdan toshlar pastidagi qora tuynukka tushdi. Qo`rquv kuchli bo`lsa ham unga kira boshladik. Oxirgi lahm qolgan ikkitasiga qaraganda uzunroq ekan, biroz qiynalib o`tdik. Bu erda biron korhol bo`lsa, bizga hech kim yordam bera olmasligini butun vujudimiz bilan anglab turibmiz. Naqadar ojizmiz? Shu narsalarni o`ylab yo`lakda harakatlanar ekanmiz, o`z-o`zidan nafas olishga qiynalayotganimizni his qildik. Darhol o`zimizni qo`lga olib, qalbimizni tinchlantirishga harakat qildik. Chunki, bittamiz bu qo`rquvni enga olmasak, qolganlarni ham sarosimaga solib qo`yamiz.
Tuynuklardan o`tib olib, qaddimizni rostlaganimizda ulkan er osti dunyosiga kelganimizni his qildik. Tashqarida tun payti ham Oyning shu’lasi bo`ladi. Bu erda esa tushadigan xira nurning o`zi yo`q. Ko`zimizga qop-qora zulmatdan boshqa narsa ko`rinmayapti, faqatgina suv tomchilarining ovozi eshitilyapti. Chiroq nuri naq 20 metrgacha ko`tarilgan g`or balandligiga etib bormaydi. Bu taxminan olti qavatli uyga o`xshaydi.
G`or bo`ylab yuqoriga ko`tarilganimiz sari suv o`yib, chuqur qilib ketgan g`orchalarni ko`p uchratyapmiz. Ichkari zal chap tomonga avval torayib, keyin kengayib bordi. G`or iqlimi keskin o`zgargan, namlik yuqori. Adashib qolmaslik uchun g`orning chap tarafidan yura boshladik. Imkon qadar yurgan yo`limizni eslab qolishimiz kerak.
30 metrcha yurganimizdan so`ng, oyoqlarimiz osti ho`l bo`ldi. Er loy bo`lganligi uchun undagi odam izlari yaqqol bilinib turibdi. Demak, bu erga yaqin orada sayohatchilar kelgan. Chunki, har 5-6 metrda daraxt shohi novdasini uchratdik. U xuddi hozir sindirilgandek. Bizni xavotirga solgan narsa shu bo`ldi-ki, izlar oldinga ketgan, lekin ortga qaytmagan. Tor lahm esa yaqin orada odam o`tganga o`xshamaydi. Shu payt xayolimizdan o`tgan tasavvurlar faqat o`zimizga ayon. To`g`risi, agar bu er Amir Temur g`ori bo`lmagan-da o`zimizni boshqara olmasmidik.
Ushbu zalning o`rtasida aylanasi 20 metrdan ziyod ko`l bo`lishi, suvi benihoya zilol, tiniq va jimirlab turishi, g`or ichidagi yoriqdan oqib tushuvchi sharshara suvi uni to`yintirib turishi lozim edi.
Lekin shuncha yursakda, ko`ldan ham, sharsharadan ham darak yo`q. Aytishlaricha, ko`lning tepasida ancha balandda tuproqlarga qorishgan bahaybat toshlar osilib turgan va ular опаcidan ko`lga minglab qatra bo`lib, suv tomchilab turgan ekan. Bizning-cha, mana shu ulkan xarsangtoshlar ko`lning ustiga o`pirilib tushibdi. Chunki, ko`rib turganingizdek zalning o`rtasi katta tosh bo`laklari bilan to`lgan. Ko`lni ko`rish nasib qilmaganidan xafa bo`ldik. Sababi, ma’lumotlarga ko`ra, Sohibqiron Temur bobomiz g`orda turganida shu ko`lning suvidan ichishni xush ko`rgan ekan.
Чтобы скачать видео "AMIR TEMUR G‘ORIDAGI SIRLAR!" передвинте ползунок вправо
- Комментарии
Комментарии ФБ