Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi

  • Видео
  • О видео
  • Скачать
  • Поделиться

Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi

#xs_uz #narodnoeslovo Bugun, 16-mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahar xalqaro aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminaliga Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining beshinchi havo kemasi kelib qo‘ndi. ATR 72-600 avialayneri Airbus konsernining Tuluza (Fransiya) shahridagi zavod aerodromidan olib kelindi. Aeroport va aviakompaniya xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari yangi havo kemasi va ekipajini suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olishdi. Aviaparkning to‘ldirilishi O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlarning ko‘payishini anglatadi. Buning isboti sifatida, Toshkentdan Termiz shahriga kuniga ikki marta: kunduzi va kechqurun parvozlar amalga oshirilmoqda. Tez orada Silk Avia Buxoroga parvozlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda. ATR 72-600 havo kemasi 60 dan 90 tagacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan turbovintli avialaynerlarining muvaffaqiyatli tijorat loyihalaridan hisoblanadi. Shuningdek, ATR 72-600 ekspluatatsiya harjatlarini hisobga olgan holda tarixdagi barcha ishlab chiqarilgan tijorat laynerlari orasida eng samarali mashina hisoblanadi. ATR 72-600’ning maksimal parvoz qilish og‘irligi 22 800 kg ni tashkil qiladi, parvoz masofasi 1528 km gacha yetadi. Yangi layner allaqachon Silk Avia aviakompaniyasining parvozlar jadvaliga kiritilgan. “Yangi O'zbekiston” strategiyasiga muvofiq Uzbekistan Airways aviakompaniyasining maqsadi respublikada havo qatnovining qulayligini ta’minlash va ichki turizmni rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadga esa biz ATR rusumidagi turbovintli havo kemalarida mamlakatimiz shaharlari o‘rtasida aviatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali erishishni rejalashtirmoqdamiz”, – dedi Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov. Silk Avia – O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi bo‘lib, 2021-yil 6-iyulda mamlakat ichida kambyudjetli aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan. 2023-yilda Silk Avia brendini saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi milliy aviatashuvchisi tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters boshqaruviga o‘tdi. Silk Avia aviaparki mazkur avilaynerni yetkazib berilishini hisobga olgan holda, 72 tagacha yoʻlovchini sigʻdira oladigan beshta ATR 72-600 mintaqaviy yoʻlovchi tashuvchi havo kemalarini oʻz ichiga oladi. Ayni paytda Silk Avia O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Farg‘ona va Urganch shaharlarini bir-biri bilan bog‘lab kelmoqda.
526   |   8 мес. назад  |   8 - 0
 

Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi

Скачайте изображение (превью) выбрав качество


320x180 480x360 640x480 1280x720

#xs_uz #narodnoeslovo
Bugun, 16-mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahar xalqaro aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminaliga Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining beshinchi havo kemasi kelib qo‘ndi. ATR 72-600 avialayneri Airbus konsernining Tuluza (Fransiya) shahridagi zavod aerodromidan olib kelindi. Aeroport va aviakompaniya xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari yangi havo kemasi va ekipajini suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olishdi.
Aviaparkning to‘ldirilishi O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlarning ko‘payishini anglatadi. Buning isboti sifatida, Toshkentdan Termiz shahriga kuniga ikki marta: kunduzi va kechqurun parvozlar amalga oshirilmoqda. Tez orada Silk Avia Buxoroga parvozlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda. ATR 72-600 havo kemasi 60 dan 90 tagacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan turbovintli avialaynerlarining muvaffaqiyatli tijorat loyihalaridan hisoblanadi. Shuningdek, ATR 72-600 ekspluatatsiya harjatlarini hisobga olgan holda tarixdagi barcha ishlab chiqarilgan tijorat laynerlari orasida eng samarali mashina hisoblanadi. ATR 72-600’ning maksimal parvoz qilish og‘irligi 22 800 kg ni tashkil qiladi, parvoz masofasi 1528 km gacha yetadi. Yangi layner allaqachon Silk Avia aviakompaniyasining parvozlar jadvaliga kiritilgan.
“Yangi O'zbekiston” strategiyasiga muvofiq Uzbekistan Airways aviakompaniyasining maqsadi respublikada havo qatnovining qulayligini ta’minlash va ichki turizmni rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadga esa biz ATR rusumidagi turbovintli havo kemalarida mamlakatimiz shaharlari o‘rtasida aviatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali erishishni rejalashtirmoqdamiz”, – dedi Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov.

Silk Avia – O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi bo‘lib, 2021-yil 6-iyulda mamlakat ichida kambyudjetli aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan. 2023-yilda Silk Avia brendini saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi milliy aviatashuvchisi tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters boshqaruviga o‘tdi.

Silk Avia aviaparki mazkur avilaynerni yetkazib berilishini hisobga olgan holda, 72 tagacha yoʻlovchini sigʻdira oladigan beshta ATR 72-600 mintaqaviy yoʻlovchi tashuvchi havo kemalarini oʻz ichiga oladi. Ayni paytda Silk Avia O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Farg‘ona va Urganch shaharlarini bir-biri bilan bog‘lab kelmoqda.


Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi

Чтобы скачать видео "Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi" передвинте ползунок вправо



Покажите вашим друзьям, добавьте в соцсети

Ссылка на страницу с видео:

 

Ссылка HTML на страницу с видео:

 

Код для вставки плеера:


  • Комментарии

Комментарии ФБ


Уважаемые друзья!

Источником всего видеоконтента, в том числе проигрывающегося на страницах ресурса ruslar.me, является сторонний видео ресурс, а именно общедоступный видеохостинг YouTube.com, предоставляющий открытый доступ к своему видеоконтенту (используя открытую и общедоступную технологию video API3 youtube.com)!

Проблемы с авторскими правами

Если вам принадлежат авторские права на данное видео, которое было загружено без вашего согласия на YouTube.com, перейдите на страницу этого видео сайта YouTube.com , нажмите на ссылку под проигрывателем Ещё -> "Пожаловаться" -> "Нарушение моих прав" и в выпадающем меню, выбирите, что именно нарушается и нажмите кнопку "Отправить".



Неприемлемый контент

Чтобы сообщить о неприемлемом видео, перейдите на YouTube, нажмите на ссылку под проигрывателем Ещё -> "Пожаловаться" и выберите в "Сообщить о нарушении" что именно вас не устраивает в этом видео. Подробнее о наших правилах читайте в Условиях использования.